Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

29-martga o‘tar kechasi va bugun erta tongdan yog‘ayotgan yomg‘ir tufayli Samarqand shahrining ko‘plab ariqlarida suv to‘planib qolib, yo‘llarga chiqib ketgani va bu transport vositalari hamda piyodalar harakatlanishiga noqulaylik tug‘dirgani aholi noroziligiga sabab bo‘ldi

Foto: Zarnews

Foto: Zarnews

 Zarnews nashriga ko‘ra, Samarqand shahar hokimligi ushbu noqulaylik uchun shahar aholisi va mehmonlardan uzr so‘rab, hokimlik huzurida tezkor shtab tashkil etilganini ma’lum qildi. 

Ayni paytda shaharning Buyuk ipak yo‘li, Dahbet va Registon ko‘chalari chorrahasida sohaviy xizmatlar xodimlari tomonidan suv yo‘llarini ochish ishlari olib borilayotganini qayd etdi. Shuningdek, shaharning boshqa ko‘chalarida ham suv toshqinlarining oldini olish va ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar shahar hokimining nazoratida ekanligi va aholida bu borada murojaatlar bo‘lsa hokimning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari yoki telefonlari orqali murojaat qilishi mumkinligi ma’lum qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“100 ga yaqinidan 73 tasi yangilandi”. Dehqonoboddagi jin ko‘priklarning nechtasi yangilanganiga aniqlik kiritildi (video)
Sport
Lionel Messi MLS’ga o‘tsa, liga klublari futbolchining maoshini to‘lashga yordam berishga tayyor
Mahalliy
O‘zbekistonda fevral oyida 25 mlrd so‘mlik noqonuniy davlat xaridlari aniqlandi