Bugun, 29-mart erta tongdan Samarqand shahrida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida bir qator ko‘chalarda suv toshqini yuzaga kelgan.

Foto: “Daryo”

“Daryo” muxbirining ma’lum qilishicha, soat 3:00 atrofida yog‘ishni boshlagan yomg‘ir natijasida Samarqand shahridagi Shohizinda, Registon, Sadriddin Ayniy, Mir Said Baraka, Ibn Sino, Ro‘dakiy ko‘chalarida suv to‘planib qolgan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

“Daryo”ga yuborilgan ma’lumotga ko‘ra, kuchli yomg‘ir natijasida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti yotoqxonasi ham suv bosgan.

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti yotoqxonasi.
Foto: “Daryo”

Ayni paytda yuzaga kelgan holatni bartaraf etish maqsadida Samarqand shahar hokimligi va obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan zarur choralar ko‘rilmoqda.

Foto: “Daryo”