• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sherdor madrasasi sirlari

    Samarqand, ayniqsa Registon — O‘zbekistonning tashrif qog‘ozi hisoblanadi. Registonning uchta binosi orasida Sherdor madrasasi o‘zining peshtoqidagi qanotli sherlar va inson yuzli quyoshning g‘alati tasvirlari bilan alohida ajralib turadi. Bu tasvirlar qanday paydo bo‘lgan? Nima uchun Sherdor qurilishi biz bilgan Registonning asosini qo‘ygan? Samarqandning yo‘qotilgan shuhratini qaytargan odam kim edi?

    Temuriylarning eng ulug‘vor inshooti

    Bizga tanish bo‘lgan uch madrasali Registon ansambli bir zumda paydo bo‘lmagan. Dastlab XV asrda Ulug‘bek madrasasi qurilgan bo‘lib, u musulmon Sharqining eng muhim o‘quv maskani va me’morchilik san’ati durdonasiga aylangan.

    XVI asrda poytaxt Buxoroga ko‘chirilgach, Samarqand o‘zining avvalgi mavqeyini yo‘qotdi. XVII asrda Buxoro hukmdorlarining Samarqanddagi noibi Bahodir Yalangto‘sh bu vaziyatni o‘zgartirishga ahd qildi.

    Bahodir Yalangto‘shning yangi Registoni

    Yalangto‘shbiy Bahodir iste’dodli sarkarda va mohir siyosatchi edi. Uni xalq orasida Yalangto‘sh deb atashardi — bu “ko‘kragi ochiq” degan ma’noni anglatadi, chunki rivoyatlarga ko‘ra, u jang maydonida sovutsiz, yalang‘och ko‘krak bilan jang qilardi.

    Yalangto‘sh Samarqanddagi keng ko‘lamli qurilishlar uchun bosib olingan hududlardan boylik va resurslarni olib kelgan. Uning davrida Sherdor madrasasi barpo etildi va Tillakori qurilishi boshlandi. Shunday qilib, bizga tanish bo‘lgan Registon shakllandi.

    “Sherlari bor”

    Yalangto‘sh 1619-yilda yangi Sherdor madrasasi binosini qurdirishni buyuradi. Bu bino uslubi jihatidan Ulug‘bek madrasasiga o‘xshash edi. Shunday qilib, u o‘tmishdagi buyuk hukmdorlar bilan vorislikni ta’kidlaydi va shaharga madaniy hamda ilmiy markaz maqomini qaytaradi.

    Madrasa, haqiqatan ham, me’morchiligining ulug‘vorligi va bezaklarining go‘zalligi bilan hayratga solardi. Eng yorqin jihati - peshtoqdagi afsonaviy qanotli sherlar va inson yuzli quyosh tasviri edi. Ushbu mozaikalar binoga zamonaviy nom berdi: Sherdor forscha “sherlari bor” degan ma’noni anglatadi.

    Islom davri me’moriy bezaklarida yuzli tasvirlar mintaqamiz uchun kamyob bo‘lsa-da, Movarounnahrning madaniyatiga ham ta’sir ko‘rsatgan fors an’analarida uchraydi.

    Sherlarning yaratilish tarixi 2024-yilda suratga olingan “Samarqand amiri. Bahodir Yalangto‘sh” filmida ta’sirli tarzda ko‘rsatilgan. Syujetga ko‘ra, amirning dushmanlari “peshtoqdagi kulib turgan quyosh tasviri islom me’yorlariga zid va majusiy o‘tmishni eslatadi” deb fitna uyushtirib, olomonni isyonga undaydilar.

    Mualliflar Yalangto‘shning o‘g‘li Boybekni sherlar tasvirini o‘ylab topgan bosh rassom qilib, voqeani badiiy jihatdan bezashgan. Bu g‘oyaning asl muallifi kim ekanligi noma’lum. Bizgacha faqat bosh me’mor Abduljabbor va bezak ustasi Muhammad Abbosning nomlari yetib kelgan.

    “Qanotli sher va Quyosh” tasviri Amir Temur saltanatida keng tarqalgan edi. Bu qadimgi turkiy ramz dastlab astrologik ma’noga ega bo‘lib, keyinchalik qudrat va oliy hokimiyatni ifodalovchi timsolga aylangan. Mazkur tasvir XII asrdagi Saljuqiylar davlati (hozirgi Eron) tangalarida uchraydi va Temur uni o‘sha yerdan o‘zlashtirgan.

    Bundan tashqari, Samarqandning asos solinishi haqida bir rivoyat mavjud. Unga ko‘ra, Zarafshon tog‘laridan tushgan qoplon kelajakdagi shahar devorlarini aylanib chiqib, qurilishga xayrixohlik bildirgan. O‘shandan buyon samarqandliklar bars deb atala boshlangan va bu hayvon gerblarida aks ettirilgan. Ehtimol, aynan shu rivoyat tufayli Eronning "Arslon va Quyosh" ramzi Samarqandda shu qadar chuqur ildiz otgandir.

    XX asr boshlariga kelib, peshtoqdagi mozaika deyarli saqlanib qolmagan, madrasa esa yarim vayron holatga tushgan edi. Mozaika 1962-1967-yillarda qayta tiklandi va natijada Sherdorning g‘aroyib qanotli sherlari Samarqandning muhim ramziga aylandi. Bu ramz shahar va mamlakatning betakror hamda boy tarixini o‘zida mujassam etdi.

    27 iyun, 16:30   Izoh (0)   9284
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda dam olish kunlari yoz uchun nisbatan qulay ob-havo bo‘ladi

    27 iyun, 16:25

    O‘zbekistonda dollar kursi qatorasiga to‘rtinchi kun ko‘tarildi

    27 iyun, 16:15

    Toshkentda tirbandliklar prognoz qilinadigan markaz ishga tushirildi

    27 iyun, 14:15

    “O‘zgidromet” 28-iyunda qanday ob-havo kutilayotganini e’lon qildi

    27 iyun, 13:25

    “Mahalla servis” kompaniyalari xodimlarining daromadi endi soliqqa tortilmaydi

    27 iyun, 11:41

    O‘zbekistonda ortiqcha undirilgan soliqlarni kelgusi to‘lovlar hisobiga kiritish muddati qisqartirildi  

    27 iyun, 10:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eronda ayol 11 nafar erini o‘ldirganlikda ayblandi

    Dunyo | 12 avgust, 13:19

    Zelenskiy Rossiya armiyasi nazoratidagi hududlardan voz kechishga tayyor — The Telegraph

    Dunyo | 12 avgust, 12:59

    Himolay tog‘larining 97 ta cho‘qqisiga chiqish bepul bo‘ladi

    Dunyo | 12 avgust, 12:45

    “Barselona” prezidenti 2025-yilgi “Oltin to‘p” g‘olibi kim bo‘lishi kerakligini aytdi

    Sport | 12 avgust, 12:40

    O‘zbekistondagi ikkita dor yo‘li faoliyatiga qat’iy taqiq qo‘yildi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 12:23

    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi

    Reklama | 12 avgust, 10:30

    “Barbi” rejissyori “Narniya yilnomalari”ning yangi qismini suratga oladi

    Kino | 12 avgust, 12:17
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.