Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Professional boksning o‘ta og‘ir (+90,7) vazn toifasi vakili Bahodir Jalolov (5 ta jang, 5 ta g‘alaba, 5 ta nokaut) 10-aprel kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Bu haqda GoSport xabar berdi.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

O‘zbekistonlik bokschi shu kuni amerikalik Donni Palmerga (10 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat, 2 ta durang, 9 ta nokaut) qarshi ringga ko‘tariladi. 8 raunddan iborat bo‘lgan mazkur jang Nyu-Yorkdagi “Sony Hall” saroyida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 15-mart kuni Bahodir Jalolov so‘nggi jangini amerikalik boshqa bir bokschi Villi Harviga (3 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat, 2 ta durang, 3 ta nokaut) qarshi o‘tkazib, uni ikkinchi raunddayoq texnik nokautga uchratgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Tata Steel Chess 2023. Nodirbek Abdusattorov amerikalik raqibi bilan durang o‘ynadi va hamon musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi. Javohir Sindorovda ham durang
Mahalliy
Surxondaryodan topilgan ayiq bolasi zooparkka topshirildi
Mahalliy
O‘zbek tili darsligida musiqa asboblari nomi xato yozilgani aytildi (video)