Professional boksning o‘ta og‘ir (+90,7) vazn toifasi vakili Bahodir Jalolov (5 ta jang, 5 ta g‘alaba, 5 ta nokaut) 10-aprel kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Bu haqda GoSport xabar berdi.
O‘zbekistonlik bokschi shu kuni amerikalik Donni Palmerga (10 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat, 2 ta durang, 9 ta nokaut) qarshi ringga ko‘tariladi. 8 raunddan iborat bo‘lgan mazkur jang Nyu-Yorkdagi “Sony Hall” saroyida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, 15-mart kuni Bahodir Jalolov so‘nggi jangini amerikalik boshqa bir bokschi Villi Harviga (3 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat, 2 ta durang, 3 ta nokaut) qarshi o‘tkazib, uni ikkinchi raunddayoq texnik nokautga uchratgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)