Mamlakat bosh vaziri Hindiston kosmik davlatlar qatoriga kirgan va endi o‘zini koinotda himoya qila olishini ma’lum qilgan, deya xabar beradi “Korrespondent”.
Hindiston qurolli kuchlari yo‘ldoshga qarshi sun’iy raketa sinovi paytida yaqin masofadagi yer yo‘ldoshini muvaffaqiyat bilan yo‘q qilgan.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi, mamlakat “katta kosmik kuchlar qatoriga kirganini” ma’lum qildi.
“A- SAT raketasi Hindistonning kosmik dasturiga yangi kuch beradi. Men xalqaro hamjamiyatni bizning qobiliyatimiz hech kimga qarshi ishlatilmasligi, shunchaki o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun mudofaa tashabbusi bo‘lishini kafolatlayman”, — deydi u o‘z murojatida.
Izoh (0)