Fransiyaning poytaxtida mahalliy aholi va lo‘lilar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan to‘qnashuv tufayli 20 dan ortiq kishi hibsga olindi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
To‘qnashuv ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bolalarni o‘g‘irlash haqidagi mish-mishlar oqibatida yuzaga kelgan.
25-mart kuni kechqurun Klishi-su-Bua kommunasida bir guruh aholi o‘nlab lo‘lilar o‘zboshimchalik bilan o‘zlashtirib olgan uyga hujum qilgan. Lo‘lilar ularga yaqin joylashgan Ashan supermarketiga qochib, berkinmoqchi bo‘lgan.
Xabar qilinishicha, voqea joyiga soqchilar kelgan, tartibsizlik paytida ikki amaldor jarohatlangan.
Ayni shu paytda Parij atrofidagi Bobini shaharchasida 50 nafar aholi tayoq va pichoq bilan qurollanib, u yerda yashovchi lo‘lilarga tahdid qilgan. Ommaviy tartibsizliklar davomida jami 20 kishi qo‘lga olingan, ularning bir nechasi qattiq nazorat ostida.
Mahalliy hokimiyat organlari ushbu nizoni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar bilan bog‘lamoqda. Unga ko‘ra, Il-de-Fransu (poytaxt hududi) bo‘ylab oq yuk mashinasida ketayotgan bolalarni lo‘lilar o‘g‘irlashga uringani aytilgan.
Ammo departament prefekturasida hududda birorta ham o‘g‘irlik holati sodir bo‘lmagani aytilgan. Fransiya huquqni muhofaza qilish xodimlari Twitter sahifasida aholini soxta xabarlarga ishonmaslikka chaqirgan.
Izoh (0)