25-mart, dushanba kuni Yevro—2020 saralash bosqichida Fransiya terma jamoasi himoyachisi Samyuel Umtiti Islandiyaga qarshi kechgan o‘yinda gol urdi (4:0).
“Barselona”ning 25 yoshli futbolchisi bundan tashqari 100 foizlik aniq pas berdi (107/107), deb xabar beradi Opta.
Bu so‘nggi o‘n yil ichida Fransiya terma jamoasi futbolchilari orasida aniq uzatma berish bo‘yicha rekord natija hisoblanadi.
Umtiti 2016-yilning iyul oyida terma jamoa safida debyut o‘yinini o‘tkazgan. Shundan beri u terma jamoa tarkibida istalgan himoyachiga nisbatan eng ko‘p gol urdi (4 ta gol).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)