Prezident tashabbusi bilan 5—10-aprel kunlari Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tadigan “Xalqaro baxshichilik san’ati” festivaliga 86 davlatdan baxshi-shoir, oqin, jirovlar, xorijiy davlat vakillari, folklorshunos olim, nufuzli san’at namoyandalari hamda ommaviy axborot vositasi xodimlari ishtirok etishi ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga jurnalist Nargiz Rahmatullayeva ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu festivalga Surxondaryo viloyatda alohida tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Jumladan, Termiz shahrining asosiy ko‘chalari va tadbir o‘tkaziladigan asosiy maydon bayramona bezatilgan. OAV xodimlari uchun Matbuot markazi shay holatga keltirilgan. Shuningdek, Termiz xalqaro aeroporti, Temir yo‘l vokzali va festival o‘tkaziladigan San’at saroyi hududi tayyor. Qurilish-obodonlashtirish ishlari yakunlanish arafasida.
Ishtirokchilar va uni tomosha qilishga keladigan mehmonlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.