Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Runet 2 hafta ichida global internet tarmog‘idan uziladi. Bu haqda Hi-Tech Mail.Ru xabar berdi.

Foto: Depositphotos

Foto: Depositphotos

Xabarda aytilishicha, Rossiya davlat Dumasida birinchi o‘qishdayoq qabul qilingan suveren internet haqidagi qonun loyihasi doirasida Runetni global internetdan vaqtinchalik uzish uchun sinovlar o‘tkaziladi.

Bundan maqsad DNS bosh serverlarining ko‘pi AQShda joylashgani haqidagi faktni yengish hisoblanadi.  Ushbu sinovda muvaffaqiyatga erishish tashqi ta’sir holatlarida rus internet segmentining samaradorligini ta’minlaydi.

“Agar manzilning buzilishi haqida gapiradigan bo‘lsak, unda hatto yangi narsa yo‘q”, — deydi “Fizpribor” zavodi bosh konstruktori o‘rinbosari Yevgeniy Andropov.

Uning aytishicha, bunday izlanishlar Rossiyada 2014-yilda ham olib borilgan. Shuningdek, provayderlar uchun faqat Roskomnadzor tomonidan tasdiqlangan almashinuv nuqtalaridan foydalanishga buyurtma bo‘lishi ham mumkin. Provayderlar esa bu sinovda ishtirok etmoqchi emasligini bildirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?