Florida janubida yashovchi aholi minglab zaharli qurbaqalar tajovuzidan aziyat chekmoqda, deb yozadi Forum Daily.
Quruqlik va suvda yashovchi ushbu jonzotlar “bufo toads” deb atalib, shuningdek, qamish qurbaqasi nomi bilan ham mashhur.
Palm-Bich-Gardenz shahri aholisi qurbaqalar chiqargan zahar bolalari va uy hayvonlariga zarar yetkazishidan xavotirda.
Xabarda aytilishicha, uncha katta bo‘lmagan qurbaqalar basseynlar filtrlarini ifloslab, yo‘llar va trotuarlarda bir to‘da bo‘lib sakrab, o‘tlarda yashirinmoqda.
“Men hamma yerda juda ko‘p qurbaqalarni ko‘raman. Hatto o‘tlarda yurganda ham albatta bitta bo‘lsa ham qurbaqani bosib olasiz”, — deydi Floridalik aholidan biri.
Izoh (0)