O‘zbekistonda kelgusi yillarda mamlakat tibbiyotida rivojlanayotgan va malakali kadrlarga ehtiyoj mavjud bo‘lgan mutaxassisliklar uchun 16 ta ta’lim yo‘nalishida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.
Bular:
Jismoniy reabilitatsiya va ergoterapiya;
Allergologiya va immunologiya;
Anesteziologiya-reanimatologiya;
Gematologiya;
Bolalar kardioxirurgiyasi;
Bolalar onkologiyasi;
Bolalar xirurgiyasi;
Bolalar endokrinologiyasi;
Bolalar nefrologiyasi;
Bolalar oftalmologiyasi;
Intervension kardiologiya;
Klinik radiologiya;
Tibbiyot genetikasi;
Kosmetologiya;
Psixoterapiya;
Plastik xirurgiya.
Ma’lumot uchun, respublikadagi 11 ta oliy ta’lim muassasasi hamda ularning filiallarida tibbiyot va farmatsevtika sohasi bo‘yicha jami 27 439 nafar kadr tayyorlanmoqda.
Izoh (0)