Prezident tashabbusi o‘laroq O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari o‘zlari ta’lim olgan Imom Buxoriy nomli Toshkent islom institutiga o‘zlarining shaxsiy kutubxonalaridan kitoblar sovg‘a qildi. Bu haqda Toshkent islom instituti Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Taqdim etilgan adabiyotlar orasidagi “Tafsiri Irfon”, “Hidoyai sharif”, “Munojotnoma”, “Maqomoti Yusuf Hamadoniy” va “Muhammad Hakim Termiziy risolalari” kabi asarlarni alohida ta’kidlash kerak.
Ta’kidlanishicha, Prezident rahbarligida 19-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlikni targ‘ib qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Yig‘ilishda davlat rahbari aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish masalasiga to‘xtalar ekan, “Har bir rahbar o‘zining shaxsiy kutubxonasidan o‘zi ta’lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilsa, bu yaxshi tashabbus bo‘lib kitobxonlikni rivojlantirish bilan farzandlarimiz tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi”, — deb ta’kidladi.
Izoh (0)