O‘zbekistondagi OTMlar bakalavriati va magistraturasida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga 2018/2019-o‘quv yili uchun shartnoma to‘lovlarining ikkinchi yarmini to‘lash muddati uzaytirildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.
Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2019-yil 25-martdagi 16-son bayoni bilan ushbu muddat joriy yilning 15-apreliga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.
Izoh (0)