Toshkentning “Buyuk Ipak yo‘li” metro bekatida do‘kon va ofislarning osma reklama bannerlari yana o‘z joyiga qaytarilmoqda, deya xabar beradi Facebook’dagi “Potrebitel” guruhi.
Yaqinda ular ommaviy ravishda yechishga majbur qilingandi.
“Hokimlik xodimlari va rahbariyati uchun O‘zbekiston Respublikasining asosiy va ixtisoslashgan qonunchiligini o‘rganish zarurati bor. O‘tish balini belgilab, imtihondan muvaffaqiyatli o‘tmasdan lavozimga tayinlanmaslik kerak.
Hokimlik xodimlari ko‘pincha qonunga zid ishlarni amalga oshiradi. Konstitutsiya va qonunlaridan tortib, mahalliy qonunlargacha. Bundan tashqari, mahalliy hokimlik organlarining farmonlari ba’zi hollarda asosiy qonunlarga zid bo‘ladi.
Albatta bu oddiygina bilimsizlikdandir. “Buyuk Ipak yo‘li”dagi osma reklama bannerlari ham xuddi shunday bo‘ldi. Hokimlik bannerlarini yo‘q qilish yoki bitta rangda bo‘yash to‘g‘risida 33 ta buyruq imzolamaydimi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari (xususan, “Reklama to‘g‘risida”gi) hokimlikning qaroridan ustun bo‘lolmaydi.
Muammo shundaki, masalani faqat sud, vaqt, pul va asablarni ketkazish orqali hal qilish mumkin. Agar har birimiz qonunni bilganimizda bu bebaho ne’matlarni saqlab qololgan bo‘lardik” — deb yozadi Liliya Nikolenko.
Izoh (0)