Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qozog‘istonning yangi prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakat poytaxti Ostonaning nomini Nur-Sulton deb o‘zgartirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Farmon e’lon qilinganidan boshlab kuchga kirgan.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Qozog‘iston Senatining sobiq spikeri hisoblangan To‘qayev mamlakatning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘z vakolatlarini topshirini e’lon qilganidan so‘ng prezident bo‘ldi. Poytaxtni Nazarboyev sharafiga qayta nomlash taklifini To‘qayev prezidentlik lavozimiga kirishishi bilan ilgari surdi.

Qozog‘iston qonunlari To‘qayevga Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish taklifini ilgari surish imkonini bermasdi. Shunga qaramay, Ostonani qayta nomlash uchun referendumning o‘rnini parlamentdagi ovoz berish bilan to‘ldirishni nazarda tutuvchi ko‘p yurishli kombinatsiyadan foydalanildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Elektr va gazdan shikoyat qilgan fuqarolarni qamoq bilan “ogohlantirgan” deputat o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozdi
Mahalliy
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi
Mahalliy
Qarshida Cobalt haydovchisi 13 yoshli qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi (video)