Farg‘ona viloyati davlat soliq idoralarida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Nisbatxonov Shukurulloxon Xolmatxonovich Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi. Shukurulloxon Nisbatxonov 1969-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 1997-yilda esa Andijon muxandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan.
U soliq tizimidagi mehnat faoliyatini 1992-yilda Yozyovon tumani davlat soliq inspeksiyasida inspektor lavozimida boshlagan. Viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlangunga qadar boshqarmaning Soliq majburiyatlari hisobini yuritish bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
Xoliqov Bahodir Rahmatullayevich Farg‘ona shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bahodir Xoliqov 1972-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 1994-yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Polvonov Nazarjon Jumanazarovich Quvasoy shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Polvonov 1982-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 2011-yilda Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan.
Abdullayev Qobuljon Abdujambulovich Furqat tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Abdullayev 1970-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 1992-yilda Toshkent Davlat agrar universitetini, 2002-yilda esa Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Ohunov Avazbek O‘rmonovich Yozyovon tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Ohunov 1985-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 2008-yilda Farg‘ona Davlat universitetini tamomlagan.
Izoh (0)