Tohirjon Rapiqov Namangan viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.
T. Rapiqov 1974-yilda Chust tumanida tug‘ilgan. 1996-yilda Namangan sanoat-texnologiya institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1996-yilda Chust tumani agroxizmat uyushmasi mutaxassisligidan boshlagan. 1997—2000-yillarda tuman qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi yetakchi va bosh mutaxassisi, 2000—2005 yillarda statistika bo‘limi bosh mutaxassisi va boshlig‘i, 2005—2007-yillarda tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
2007—2009 yillarda Namangan viloyati hokimligining axborot-tahlil guruhi rahbari, 2009—2016-yillarda Yangiqo‘rg‘on tumani hokimi bo‘lgan.
Tohirjon Rapiqov 2016-yildan hozirgacha Mingbuloq tumani hokimi vazifasida ishlab kelayotgandi.
Izoh (0)