Ikkita yuridik shaxs maqomidagi markazlar — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi va Adliya vazirligi qoshidagi Axborot-tahlil multimedia markazi Milliy teleradiokompaniya tarkibiga qo‘shib yuboriladi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining tegishli buyrug‘i tayyorlangan, deb yozadi “Xalq so‘zi”.
Oldinroq, har ikkala markaz O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bo‘ysunuviga o‘tkazilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi 2018-yilning yanvar oyida, Adliya vazirligi huzurida axborot-tahlil multimedia markazi esa 2019-yilning 1-fevral kuni rasman ish boshlagan edi.
Izoh (0)