O‘zbekistonning Krantas kompaniyasi hamda Tojikistonning Talko alyuminiy kompaniyasi hamkorlikda yuk mashinalarini ishlab chiqarishni boshladi. Bu haqda Asia Plus xabar berdi.
Tojikistonlik va o‘zbekistonlik mutaxassislar tomonidan hozirda dastlabki 10 ta samosval mashina ishlab chiqarilgan.
“2019-yilning oxirigacha ‘TALKO-KRANTAS maxsus-texnika zavodi’ 100 tadan ortiq avtomashina ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu esa o‘z navbatida tog‘-kon sanoati bilan shug‘ullanuvchi ‘TALKO Resurs’ va ‘TALKO Gold’ kompaniya sho‘balarining ehtiyojini qondiradi”, — deydi Talko matbuot kotibi Igor Sattarov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shma korxona yilning oxirigacha Xitoyning Sinomach kompaniyasi ishtirokida 30 ta ekskavator ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekistonning Krantas va “O‘zavtotreyler” hamkor kompaniyalari maxsus texnika uchun uskunalarni (kuzov, avtotsisterna, kran va boshqalar) yetkazib beradi.
Izoh (0)