Politsiya Utrextdagi otishma bilan bog‘liq uchinchi gumondorni qo‘lga oldi, deya xabar beradi “Korrespondent”.
Gollandiya politsiyasi Utrextda tramvaydagi otishmada uchinchi gumondorni qo‘lga oldi. Hozircha uning hodisaga aloqadorligi noma’lumligicha qolmoqda.
Avvalroq, otishmada gumon qilingan 37 yoshli Gekman Tanisning hibsga olingani haqida xabar berilgan edi. Ikki hafta oldin u velosiped o‘g‘irlash, do‘konda o‘g‘irlik va zo‘rlash holatlari uchun sud oldida javob berishi kerak edi.
Bundan tashqari, Tanis 2012-yildan buyon kamida to‘qqizta jinoyat ishi bo‘yicha gumon qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Niderlandiya hukumati Utrext provinsiyasidagi terroristik xavf darajasini eng yuqori deb baholagan.
Izoh (0)