Bentley kompanyasi Bentayga Pearl of the Gulf nomli cheklangan to‘plamni taqdim etdi, deya xabar beradi “Korrespondent”.
Sadaf bilan bezatilgan avtomobil besh nusxada chiqadi. Uni yaratishga ishlab chiqaruvchilarni Fors ko‘rfazidagi marvarid qazib chiqaruvchilar tarixi ilhomlantirgan.
Salonda marvarid hamda marvaridlar uchun sho‘ng‘uvchilarning qayiqlari tasviri bor. Panel qora evkaliptdan tayyorlangan, uning markazida Breitling soati mavjud.
Avtomobil intererini bezatishda oltin ip va qo‘y junidan foydalanilgan. Salonda barmoq izli seyf va ostonada “beshdan bir” degan yozuvi bor.
Izoh (0)