O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari mahsulotlarning iste’molga yaroqliligi yuzasidan sinov ishlari olib boradi. Andijonda o‘tkazilgan navbatdagi tekshiruvda kamchiliklar aniqlandi. Bu haqda “O‘zstandart” agentligi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Navbatdagi sinov natijalariga ko‘ra, Andijon shahrida joylashgan “Zilol sut lux” ishlab chiqarish korxonasiga tegishli bo‘lgan polimer idishlarga qadoqlangan “Nice Milk” va “Zilol sut” nomli sut mahsulotlari tarkibidagi yog‘ning massa ulushi belgilangan me’yor talablariga javob bermagan.
Izoh (0)