Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida eshitish va nutqida muammosi bo‘lgan shaxslar tomonidan bo‘ladigan murojaatlarga shoshilinch operativ xizmatlarning kecha-yu kunduz, tezkor javob berish uchun dispetcherlik xizmati tuziladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.
1-iyuldan boshlab Dispetcherlik xizmati ishga tushiriladi. Bu haqda 18-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori tasdiqlangan.
Dispetcherlik xizmatining asosiy vazifasi eshitish va nutqida muammosi bo‘lgan shaxslar, shuningdek, ularning vakillari tomonidan texnik vositalar (video qo‘ng‘iroqlar, matnli xabarlar, maxsus dasturiy ta’minotdan foydalangan holda qo‘ng‘iroqlar va boshqalar) orqali bo‘ladigan murojaatlarga shoshilinch operativ xizmatlarning (101, 102, 103, 104, 1050) kecha-yu kunduz, tezkor javob berishlari hisoblanadi.
Dispetcherlik xizmati xodimlar tarkibi dastlab 10 shtat birligi hisobiga to‘ldiriladi (bir nafar serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchi va 9 nafar xizmatchi) va keyinchalik tushadigan xabarlar hamda murojaatlar hajmiga qarab ularning soni 22 nafargacha yetkaziladi.
Bir oy muddatda Dispetcherlik xizmatiga imo-ishora tilida so‘zlashadigan mutaxassislar orasidan nomzodlar taqdim etiladi.
Uch oy muddatda eshitish va nutqida muammosi bo‘lgan shaxslarning shaxsiy ma’lumotlari elektron bazasini yaratiladi.
2019-yil 1-iyulga qadar eshitish va nutqida muammosi bo‘lgan shaxslarga shoshilinch operativ xizmatlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish, shu jumladan, mobil aloqa servislaridan foydalanish bo‘yicha bepul xizmat ko‘rsatish imkonini beruvchi axborot tizimini ishlab chiqiladi.
Izoh (0)