“Barselona” hujumchisi Luis Suares La Liganing 28-turidan o‘rin olgan “Betis”ga qarshi o‘yinda jarohat oldi (4:1).
Urugvaylik oyoq paylarining jiddiy shikastlanishidan qutulib qolgan. Suaresga oyoq to‘qimalari shikastlanishining birinchi darajasi tashxisi qo‘yildi va u 10—15 kun maydonga tusha olmaydi. Bu haqda “Barselona”ning rasmiy saytida xabar berildi.
Shunga ko‘ra, u Urugvay terma jamoasi tarkibiga chaqirilmaydi. U Ispaniyada davolanadi.
Eslatib o‘tamiz, Urugvay terma jamoasi 22-mart, juma kuni Xitoyning Guansi shahrida bo‘lib o‘tadigan “China Cup—2019” musobaqasida O‘zbekistonga qarshi maydonga tushadi. Suares esa o‘z-o‘zidan bu o‘yinda qatnasha olmaydi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)