Farg‘onada xalq deputatlari viloyat kengashining qirq uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Farg‘ona haqiqati” gazetasi xabar berdi.
Deputatlar tomonidan Farg‘ona politexnika instituti rektori Oybek Otaqulov va viloyat “Sirdaryo — So‘x” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi sobiq boshlig‘i A’zamjon Rahmatullayevning deputatlik vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risidagi kengash qarorlarini tasdiqlandi.
Sessiyada xalq deputatlari Farg‘ona viloyati kyengashining doimiy komissiyalari tarkibi tasdiqlandi.
Shuningdek, sessiyada O‘zbekiston tumani hududida mahalla fuqarolar yig‘inlarini tashkil etishga oid masalasi ham ko‘rib chiqildi.
Izoh (0)