15-mart, juma kuni Shveysariyaning Nyon shahrida Yevropa Ligasi 1/4 finaliga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Twitter

Qur’a natijasiga ko‘ra, Londonning “Arsenal” klubi safarda Italiyaning “Napoli” klubi bilan musobaqaning 1/2 finali uchun kurash olib borsa, Mauritsio Sarri boshliq “Chelsi” esa Praganing “Slaviya” jamoasi bilan o‘ynaydi.

Ma’lumot uchun, chorak finalning dastlabki o‘yinlari 11-aprel, javob bahslari 18-aprel sanasida o‘tkaziladi. Yarim final bellashuvlari bo‘lsa, 2-may hamda 9-may kunlari o‘tkazilishi belgilangan. Joriy yilgi finalga esa 29-may kuni Bokudagi “Olimpiyski” stadioni mezbonlik qiladi.

Quyida Yevropa Ligasining 1/4 finali juftlikari keltirilgan:

  • “Slaviya”​—“Chelsi”
  • “Vilyarreal”​—“Valensiya”
  • “Napoli”—“Arsenal”​
  • “Benfika”​—“Ayntraxt”

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!