Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahridagi ikki masjidda uyushtirilgan otishmada kamida 27 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Foto: AP

Qurollangan kishilar shahardagi “An-Nur” va “Linvud” masjidlariga juma nomozidan so‘ng kirib borgan. Shundan so‘ng chiqish eshiklarini yopib, nomozxonlarga qarata o‘t ochgan. Bu payt masjidlarda tegishli ravishda 200 va 300 kishi bo‘lgan.

Shahar kasalxonalariga kamida 30 kishi yetkazilgani bildirilmoqda.

Mahalliy politsiya hujum qilganlardan biri qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Shahar aholisidan uylarini tark etmaslik so‘ralgan, maktablardagi mashg‘ulotlar bekor qilingan.