O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol federatsiyasi (ayni vaqtda assotsiatsiya maqomida) sobiq rahbari, senator Mirabror Usmonov vafot etdi. Bu haqda “Daryo”ga Sog‘liqni saqlash vazirligidagi manbasi ma’lum qildi.

Foto: “Olamsport”

Mirabror Usmonov 12-mart kuni o‘pka va nafas yo‘llari bilan bog‘liq kasallik sabab Milliy olimpiya qo‘mitasi klinikasining (“Ezgu niyat”) reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgandi.

Marhumning janozasi bugun soat 12:00 da Yunusobod tumanidagi “Minor” masjidida o‘qiladi.

Ma’lumot uchun, Mirabror Usmonov 2006-yildan 2017-yilgacha O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti lavozimida ishlagan. 2013-yildan 2017-yilgacha Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari sifatida ham faoliyat yuritgan. 2005-yildan esa Oliy Majlis senatori sifatida ishlab kelayotgan edi.