15-mart, juma kuni FIFA kengashi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining yangi formatini tasdiqlashi mumkin. Bu haqda AP xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, yangi formatda musobaqa 2021-yilning 17-iyunidan 4-iyuliga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. U Konfederatsiyalar kubogining o‘rniga o‘tkaziladi. Xabar qilinishicha, avvalroq musobaqaning kengaytirilgan formatini 6 ta konfederatsiyaning 5 tasi qo‘llab-quvvatlagan. Hozircha UEFAning roziligi olinmagan.
Yangi formatda klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadigan jamoalar soni 24 tagacha ko‘paytirilishi mumkin. Musobaqada Yevropadan 8 ta, Janubiy Amerikadan 6 ta, Afrika, Osiyo va KONKAKAFdan bittadan jamoa ishtirok etishi rejalashtirilgan. Okeaniyadan ham bitta klub mazkur musobaqaga chaqiriladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)