13-mart, chorshanba kuni Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvida “Bavariya” o‘z maydonida “Liverpul”ga imkoniyatni boy berdi (1:3, 0:0).
5-mart kuni bo‘lib o‘tgan bahsda esa “Real Madrid” “Santyago Bernabeu”da “Ayaks”ga yirik hisobda yutqazib qo‘ygandi (1:4, 2:1).
Musobaqaning chorak finali 11 yil deganda birinchi marotaba “Bavariya” hamda “Qirollik klubi”siz o‘tadigan bo‘ldi, deb xabar beradi MisterChip.
Eslatib o‘tamiz, 2007/08-yilgi mavsumda madridliklar 1/8 finalda “Roma” klubiga ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 2:4 hisobida mag‘lub bo‘lgandi, “Bavariya” esa UEFA Kubogida ishtirok etgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)