13-mart, chorshanba kuni Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalining javob o‘yinida “Liverpul” himoyachisi Virjil van Deyk “Bavariya” darvozasini ishg‘ol qildi va bitta golli uzatma berdi (3:1).
Niderlandiyalik joriy mavsum mazkur musobaqada shunday natija qayd etgan birinchi markaziy himoyachi bo‘ldi. Bundan tashqari u so‘nggi 4 ta uchrashuvda 3 ta gol urdi — bu “Liverpul” tarkibida avvalgi 55 ta uchrashuvda ko‘rsatgan natijasidan ancha ko‘p.
Squawka’ning xabar berishicha, Van Deyk — 2007-yildan buyon Yevropa Chempionlar Ligasining safarda kechgan bahsida o‘z hisobiga bitta gol va bitta golga assist yozdirib qo‘ygan birinchi futbolchi. O‘shanda ushbu natijani Kreyg Bellami “Kamp Nou”da qayd etgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)