O‘zbekiston Madaniyat vazirligi Qoraqalpog‘istondagi Tuproqqal’a qadimiy shaharchasida 5-mart kuni boshlangan konservatsiya ishlarini to‘xtatishni buyurdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
13-mart kuni Facebook’da konservatsiya ishlari olib borilayotgan Tuproqqal’a suratlari paydo bo‘lgan edi.
“Konservatsiya ishlari 13-mart kuni 14:00 atrofida to‘xtatildi. Ularni boshlashdan avval ekspertiza o‘tkazilib, loyiha hujjatlari tuzib chiqilishi kerak edi. Loyiha esa Madaniyat vazirligi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi huzuridagi ilmiy-uslubiy kengash bilan muvofiqlashtirilishi kerak edi. Bu amalga oshirilmaganligi sababli Madaniyat vazirining o‘rinbosari Kamola Akilova barcha ishlarni to‘xtatishni buyurdi”, — deb ta’kidlaydi matbuot-xizmati.
Vazirlik konservatsiya ishlarining tashabbuschisini aniqlamoqda, u javobgarlikka tortiladi.
Izoh (0)