13-mart, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvida “Barselona” hujumchisi Lionel Messi “Lion” darvozasiga 2 ta to‘p kiritdi (5:1).
31 yoshli futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarni hisoblaganda “Barselona” tarkibida 36 ta gol urdi. Argentinalik ketma-ket 11 ta mavsumda beri 35 tadan kam gol urmayapti. Bu haqda Sky Sports xabar berdi.
Bundan tashqari Messi Yevropa Chempionlar Ligasi doirasida “Kamp Nou”da bo‘lib o‘tgan 61 ta bellashuvda 61 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)