Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda katta tezlikda ketayotgan mashina rulini boshqaruvsiz qoldirib, mashina tomiga o‘tirib olgan “epchil” haydovchi tasvirlangan video keng tarqalganligi haqida xabar berilgan edi. Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati mazkur tarzda “vaqtichog‘lik” qilgan haydovchining shaxsi aniqlanganligi haqida xabar bermoqda.
Haydovchi 22 yoshli Yu.M. ekanligi aniqlandi. U 12-martdan 13-martga o‘tar kechasi taxminan 2:50 da Shahrisabz ko‘chasida KIA Optima avtomobilida harakatlana turib, tungi, deyarli bo‘sh ko‘chada yuqoridagi usulda harakatlanish mumkin degan qarorga kelgan.
Yu.M. O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 1285 -moddasi bo‘yicha ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
IIBB har bir haydovchi qaysi vaqtda bo‘lishidan qat’i nazar yo‘l harakati qoidalariga rioya etishi lozimligini ta’kidlaydi.
Izoh (0)