Braziliyaning San-Paulu shahridagi maktabda ikki noma’lum shaxs otishma uyushtirgan. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Braziliyaning boshlang‘ich maktabida sakkiz kishi halok bo‘lgan. Ularning orasida besh nafari hali kichik bola, bir nafar voyaga yetgan shaxs va o‘t ochgan ikki o‘smir bor.
Xabarda aytilishicha, o‘smirlar maktab hududiga 13-mart kuni tongda kirgan va odamlarga qarata o‘q uza boshlagan.
Izoh (0)