O‘zbekistonda yuk tashish uchun mo‘ljallangan transport vositalari bojxona to‘lovlaridan ozod etildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining qarorida bayon qilingan, deb yozadi Spot.
Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-yanvarga qadar quyidagilar bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari bundan mustasno) ozod etiladi:
- aviatsiya yoqilg‘isi, lokomotivlar, temir yo‘l vagonlari va butlovchilar (TIF TN kodi 8601 — 8607);
- barcha tipdagi yuk konteynerlari (TIF TN kodi 8609);
- uchish apparatlari (TIF TN kodi 8802);
- ishlab chiqarilganiga 4 yildan oshmagan, yuk tashish uchun mo‘ljallangan transport vositalari (TIF TN kodi 8701 20, 8704 23 (samosvallardan tashqari), 8716 31, 8716 39).
Izoh (0)