Buyuk Britaniyadagi Edinburg universiteti olimlari chekish, yuqori qon bosimi, semizlik va diabet miyaning erta qarishini keltirib chiqarishini aniqladi. Bu haqda MedicalXpress xabar berdi.
Tadqiqotda 44 yoshdan 79 yoshgacha bo‘lgan 9772 kishi qatnashgan. Ishtirokchilarda miya strukturasi hamda qon tomirlariga shikast yetkazuvchi omillar va markaziy asab tizimiga qon quyilishi bilan bog‘liq muammolar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash uchun magnit-rezonans tomografiyasi o‘tkazilgan.
Yuqori darajadagi xolesterindan tashqari barcha boshqa omillar, ayniqsa chekish, qon bosimi va diabet kasalligi neyron hujayralar va kapillyar va hujayrali organlar miqdorining pasayishiga olib kelgan. Bundan tashqari, miya hajmi kichraygan va oq materiyaning — akson paketlari, ya’ni asab hujayralarining uzun o‘simtalari holati yomonlashgan. Eng muhimi, bu holatlar o‘rta yoshli odamlarda namoyon bo‘lgan.
Izoh (0)