Britaniyaning NatWest banki 200 nafar mijoziga barmoq izi skaneri o‘rnatilgan ilk NFC debet kartasini tarqatishini e’lon qildi. Kartani sinovdan o‘tkazish aprel oyi o‘rtasida boshlanadi, deb yozadi TJournal.
Mazkur kartalarning egalari aloqasiz to‘lovlarni pin-kod kiritish yoki imzo qo‘yish zaruratisiz barmoq izi bilan tasdiqlashi mumkin. Bu Buyuk Britaniyada NFC-to‘lovlar uchun amal qiluvchi 30 funt sterlinglik limitni chetlab o‘tish imkonini beradi.
NatWest texnologiyani EMV-chiplar ishlab chiqaruvchisi bilan birga Gemalto, shuningdek, Visa va Mastercard bank kartalari uchun ishga tushiradi. Bank barmoq izlari haqidagi ma’lumotlar markazlashtirilmasdan, kartalarda saqlanishini ma’lum qildi.
Izoh (0)