“Santa-Barbara” televizion sagasida SiSi Kepvella rolini ijro etgan aktyor Jed Allan 84 yoshida vafot etdi. Bu haqda TVLine xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Aktyorning o‘g‘li Rik Braunning ma’lum qilishicha, otasi yaqin insonlari qurshovida Kaliforniyada vafot etgan.
Amerikalik aktyor Jed Allan 1986-yildan 1993-yilga qadar “Santa-Barbara” serialida SiSi Kepvella rolini ijro etgan. Aktyor, shuningdek, “Beverli-Xillz, 90210” teleserialining 18 ta seriyasida suratga tushgan.
U 1-mart kuni 84 yoshga kirgan edi.