Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev Cyeulda Janubiy Koreya madaniyat, sport va turizm vaziri Du Jonxvan bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv doirasida tomonlar o‘rtasida bir qator bitimlar imzolanishi kelishib olindi. Jumladan:
ikki davlatda dadaniyat kunlarini o‘tkazish;
O‘zbekistonda madaniy meros obyektlarini konservatsiya va restavratsiya ishlarini hamkorlikda olib borish va unga Koreya grantlarini jalb etish;
Osiyo madaniyat markazida o‘zbekistonlik mutaxassislar malakasini oshirish;
Koreyaning madaniyat yo‘nalishidagi ta’lim maskanlari bilan hamkorlik qilish, O‘zbekistonda Koreya madaniyat maktablarini ochish.
Baxtiyor Sayfullayev koreyalik hamkasbiga Termiz shahrida 5—10- aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan xalqaro baxshichilik san’ati festivali hamda Samarqanddagi “Sharq taronalari” xalqaro festivaliga fahriy mehmon sifatida ishtirok etish uchun taklifnomalarni topshirdi.
Izoh (0)