9-mart, shanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 27-turi doirasida 4 ta uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.
Diyego Simeone qo‘l ostidagi Madridning “Atletiko” klubi o‘z maydonida “Leganes” jamoasini sinovdan o‘tkazdi.
Bellashuvning 50-daqiqasida Saulning kiritgan goli madridliklarga navbatdagi g‘alabani taqdim etdi (1:0).
Shu kuni musobaqa jadvalida birinchi o‘rinda borayotgan Lionel Messi yetakchiligidagi “Barselona” klubi “Kamp Nou” stadionida “Rayo Valyekano” bilan bahsga kirishadi.
O‘yinning 24-daqiqasida “Rayo Valyekano” hujumchisi Raul de Tomas Mark-Andre ter Shtegen darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 38-daqiqaga kelib Jerar Pike Lionel Messi uzatmasini golga aylantirdi va hisobni tenglashtirdi (1:1).
2-bo‘limning 51-daqiqasida hakam Mario Melero mehmon jamoa darvozasi tomon penalti belgiladi va undan kataloniyaliklar yetakchisi Leo Messi unumli foydalandi (2:1). 82-daqiqada esa Luis Suares ham o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ydi (3:1).
Shu tariqa Ernesto Valverde shogirdlari o‘z maydonida “Rayo Valyekano” ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi (3:1).
La Liga
27-tur bahslari
9-mart, shanba
“Alaves”—“Eybar” 1:1
Gollar: 1:0 — 58 Inui, 1:1 — 71 Kardona“Atletiko Madrid”—“Leganes” 1:0
Gol: 1:0 — 50 Saul“Barselona”—“Rayo Valyekano” 3:1
Gollar: 0:1 — 24 De Tomas, 1:1 — 38 Pike, 2:1 — 51, penalti, Messi, 3:1 — 82 Suares“Xetafe”—“Ueska” 2:1
Gollar: 0:1 — 35 Gallego, 1:1 — 50 Mata, 2:1 — 77 MataYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)