Zamonaviy dunyoda oziq-ovqat yetishmovchiligi muammosi juda dolzarb bo‘lib turibdi, deb yozadi “TravelAsk”.
Sayyoramizdagi millionlab insonlar har kuni oziq-ovqat yetishmovchiligidan aziyat chekadi, bu esa, taxminan, 7,6 milliard kishi deganidir. Ammo, olimlar hisob-kitoblariga ko‘ra, 2050-yilga borib yer yuzidagi odamlar 10 milliardga yetadi, shuning uchun ham ushbu muammoni hal qilish masalasini qayta ko‘rib chiqish kerak.
BMT mutaxassislari aholi soni 10 milliard kishiga ko‘paygan taqdirida ham sayyorada ochlik muammosini hal qilinishi mumkin bo‘lgan konsepsiyani ishlab chiqdi. Bu konsepsiya genetik jihatdan modifikatsiyalangan o‘simliklar maydonini ko‘paytirish yoki katta hosildorlikni ta’minlash yoki sun’iy yo‘l bilan hosil qilingan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish emas. Ochlik muammosini hal qilish uchun sayyoramiz resurslari bilan bog‘liq bo‘lgan juda qadimgi dunyo mamlakatlarning ovqatlanish odatlarini qayta ko‘rib chiqish kerak.
Misol uchun, AQShda aholi jon boshiga qizil go‘sht iste’moli juda yuqori, shu bilan birga ushbu mamlakatda semirishdan aziyat chekayotgan odamlar soni juda yuqori. Bu holat tabiiy resurslarni ekspluatatsiya qilishda ham, aholi salomatligiga g‘amxo‘rlik qilish nuqtai nazaridan ham noratsionaldir.
Axir, 1 kilogramm go‘sht olish uchun insoniyat bir xil miqdordagi don yoki tovuq tuxumini ishlab chiqarishga nisbatan bir necha barobar ko‘p resurs va yer maydonini sarflaydi. Agar rivojlangan mamlakatlarda yashayotgan odamlar meva, sabzavot va g‘alla miqdorini oshirgan holda go‘sht iste’moli miqdorini bir haftada bir martagacha kamaytirsa, juda ko‘p miqdordagi oziq-ovqat resurslaridan ozod etilgan hamda salomatligini ham yaxshilagan bo‘lardi.
Ushbu o‘zgarishlar dunyo aholisining faqat kichik bir qismiga ta’sir qiladi, sababi Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi ko‘plab odamlar BMT mutaxassislari tomonidan tavsiya etilganidek oziqlanadi.
Rivojlangan davlat rahbarlari bunday hujjatni ratifikatsiya qilishga rozilik berarmikin.
Izoh (0)