Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bugun, 7-mart kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston triatlon federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazilib, unda federatsiya raisligiga Otabek Umarov saylandi, deb xabar beradi qo‘mita matbuot xizmati.

Foto: MOQ

Foto: MOQ

Ta’kidlanishicha, tadbirda dastlab O‘zbekiston triatlon federatsiyasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” amaliy sport turlari markazi direktori Shavkat Ismatullayev hisobot bergan.

So‘ng kun tartibidan o‘rin olgan eng asosiy masala federatsiya raisi va unga birinchi o‘rinbosar saylash jarayoniga o‘tilgan. O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi lavozimga Otabek Umarov nomzodi ilgari surilgan va konferensiya ishtirokchilari bir ovozdan ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlashi natijasida u O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi lavozimiga saylangan.

Umarovning birinchi o‘rinbosari lavozimiga sobiq sportchi, triatlon bo‘yicha ko‘plab xalqaro musobaqalar ishtirokchisi, hozirda tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan Farruh Nosirov nomzodi ilgari surilgan. Konferensiya ishtirokchilari uni ham bir ovozdan qo‘llab quvvatlashi natijasida Nosirov Otabek Umarovning birinchi o‘rinbosari lavozimiga saylangan.

Triatlon — bu sportcha uch kurash bo‘lib, suzish, velopoyga va yugurishni o‘zida birlashtirgan. MOQning qayd etishicha, O‘zbekistonda “ushbu sport faoliyati deyarli to‘xtab, triatlon taraqqiyoti rivojlanmay qolgandi”. Endi esa federatsiyaning yangi rahbariyati nafaqat Tokio—2020 Olimpiadasi yo‘llanmsini qo‘lga kiritish, balki unda sovrindor bo‘lish haqida ham o‘ylamoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?