Xalqaro paleontologlar guruhi Shveysariyaning San-Jorjo tog‘idan baliqning uchta yangi turini topdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Topilmalar 250 million yoshda degan taxmin bor. Ular allaqachon yo‘qolib ketgan Eosemionotus suyakli baliqning turiga mansub. Bu turdagi birinchi baliq — E. Vogeli — 1906-yil Berlin atroflaridan topilgan. Ikkinchisi 2004-yil Shveysariyaning Tichino shahridan topilib, unga E. Ceresiensis deb nom berilgan.“So‘nggi marta Yer yuzidagi ommaviy qirg‘in taxminan 250 yil avval qayd etilgan. Bizning topilmalarimiz shuni ko‘rsatdiki, ushbu falokatdan keyin biosfera nisbatan tezroq qayta tiklangan. O‘rta trias davrida yangi turlarning paydo bo‘lishi va ko‘payishi tezda davom etgan”, — Adriana Lopes-Arbarello.
Yangi baliqlarga E. Diskosomus, E. Sceltrichensis va E. Minutus deb nom berilgan. Ular bir-biridan bosh suyaklari va tangalarida, shuningdek suyaklarning joylashuvida farqlanadi. Tadqiqotchilar ta’kidlaganidek, bu har bir turning atrof-muhit sharoitlariga moslashganini ko‘rsatadi.
Izoh (0)