• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Xorijda uyali aloqaga qancha pul sarflashadi?

    Mobil aloqa hayotimizning mazmuniga aylanib ulgurdi. Internet esa uning ajralmas qismiga aylandi. Har 2 yoki 5 daqiqada ijtimoiy tarmoqlarni mobil qurilma yordamida tekshirib ko‘rish “kasalligi” barchamizga yuqib ulgurdi. Ko‘p sayohat qiluvchilar uchun xalqaro rouming, travel Sim-kartalar ham allaqachon qo‘l kelmoqda.

    Xorijga ishlashga yoki o‘qishga ketar ekanmiz, avvalo qaysi xorij kompaniyalarining qaysi tariflari megabaytlardan iqtisod qilishni yaxshi yo‘li ekanligi barchamizga birdek qiziq. Sababi dam olish ta’tillarimizni xorijda qay tarzda o‘tkazyapmiz — rasmlarni o‘z yaqinlarimizga yetkazish shunday kezlarda mobil aloqadan foydlanishga bosh omil. “Daryo” kolumnisti Jahongir Ergashev dunyoning turli davlatlarida uyali aloqa xizmatlari qanday narx va sifatda ekanligi haqida ma’lumot beradi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Ispaniya

    Yevropaga safar qilar ekansiz, bu yerda mobil uyali aloqa xizmati vatandagidek emasligini his qilasiz. Bu avvalo narxlarga tegishli. Ispaniyada Orange, Vodafone, Movistar va Yoigo operatorlari sizning xizmatingizga muntazir. Uyali aloqa operatorlari ikki xil xizmatni taklif etadi: birinchisi — shartnoma tuzasiz yoki oldindan to‘lov xizmatiga ulanasiz. Shartnoma asosida uyali aloqadan xizmat ko‘rsatish tanlovida siz har oyda mablag‘ingizni to‘g‘ridan to‘g‘ri plastik kartangizdan yechib olinishiga rozi bo‘lasiz va bu shartnoma odatda 1 yoki 2 yil muddatga imzolanadi. Agar mamlakatda vaqtinchalik rezident bo‘lsangiz, bu sizga mos tanlov emas, sababi banklar rezidentlarga plastik kartalar ochmaydi.

    Shuning uchun sayyohga oldindan to‘lov usuli orqali xizmat ko‘rsatiladigan operatorlar ma’qulroq. Operatorga pasportingiz bilan borasiz, sizga turli tariflarni taqdim etishadi va manzilingizni so‘rashadi (odatda mehmonxona manzili bilan ham Sim-karta olish mumkin).

    Orange tarifida 25 yevro evaziga 8 Gb tarifiga ulanasiz, shu bilan Yevropa bo‘yicha cheksiz qo‘ng‘iroqlar va 4G internet aloqasiga xush kelibsiz.

    Agar talaba bo‘lsangiz, Republica Movil tarifi siz uchun eng qulayidir. 20 yevrodan voz kechish evaziga sizda 23 Gb internet Ispaniya va Yevropa bo‘ylab xalqaro rouming xizmati sizning ixtiyoringizda. Bu tarif orqali hisobingizni onlayn to‘ldirib olish imkoni ham beriladi.

    Yaponiya

    Yaponiyada Au, Docomo, Softbank kabi uyali aloqa operatorlari faoliyat yuritadi. Ushbu operatorlar shartnoma asosida iPhone 5S, iPhone X telefonlarini taqdim etadi. Ushbu kompaniyalar Yaponiya uyali aloqa bozorida gigant bo‘lgani sababli xizmatlar narxi ancha qimmat.

    Internet va qo‘ng‘iroqlar uchun tariflar quyidagicha:

    Qo‘ng‘iroqlar: 20 iyena/30 sekund (tarifikatsiya har 30 sekundda) = 1500 iyena/oyiga + ishlatilgan summa.

    + Internet: 50 Gb = 7000 iyena/oyiga.

    Jami: 9500 iyena/oyiga (taxminan 100 dollar).

    Diqqatga molik jihati shuki, iPhone bilan bu summa 2000 iyenaga aylanadi (taxminan 20 dollar).

    Bunday shartnomaga ega bo‘lish uchun pasport, kredit kartasi, xorijlik fuqaro uchun Yaponiyada ro‘yxatga olinganlik haqidagi qayd qog‘ozi kerak bo‘ladi. Ammo sayyoh bunday shartnomadan foydalana olmaydi.

    Sloveniya

    Sloveniya Yevropadagi mobil xizmat ko‘rsatish narxlari haminqadar arzon bo‘lgan mamlakatlar sirasiga kiradi. 2,5 yevroga bu mamlakatda Telemach kompaniyasining  Free2go tarifiga ulansa bo‘ladi va sizga 4 kunlik davr uchun 1 Gb internet trafik taqdim etiladi.

    Chexiya

    Chexiya Respublikasida asosan Vodafone, O2, T-Mobile kabi uyali aloqa operatorlari mijozlarga xizmat qiladi. Bu uch kompaniya xizmatlari va narxi deyarli farq qilmaydi. Vodafone misolida olib qaraydigan bo‘lsak, uyali aloqa xizmatidan foydalanishning ikki turi mavjud. Birinchisi oldindan to‘lov evaziga, ikkinchisi shartnoma asosida. Dastlabki holatda pasportni taqdim etgan holatda kerakli tarif paketiga haq to‘laysiz va belgilangan daqiqa, SMS, internet trafigiga ega bo‘lasiz. Ikkinchi holatda pasport bilan birgalikda ID-kartangiz ham kerak bo‘ladi. Agar sizda ID-karta mavjud bo‘lmasa, 3000 chex kronasini garov sifatida to‘lashga majbursiz. Agarda yaxshi mijoz sifatida to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirib borsangiz, uch oydan so‘ng 3000 chex kronasi sizning hisob raqamingizga qaytarib beriladi. Eng oddiy oldindan to‘lov tariflari oyiga 199 krona (8 yevro) turadi. Shunda sizga 1,2 Gb internet, har bir daqiqa so‘zlashuv uchun 3,5 krona va tarmoq ichida bepul SMS jo‘natish xizmati yoqib beriladi. To‘lov ulangandan so‘ng amalga oshiriladigan eng arzon tariflar 777 krona (35 yevro) ga tushadi. Bunda sizga 5 Gb internet, bepul qo‘ng‘iroqlar va SMS-xabar xizmati taklif etiladi.

    Avstriya

    Avstriyada deyarli barcha hududlarda uyali aloqa xizmati yaxshi ishlaydi. 2019-yilda uyali aloqa operatorlari 5G xizmatini mijozlarga taqdim etishni maqsad qilgan.

    Avstriyada kerakli kompaniya va qulay tariflar haqida ma’lumot olish uchun “Tarife.at” saytiga kirish kifoya. Mamlakatda Drei, A1, T-Mobile, HOT, Yesss!, S-mobile kabi uyali aloqa operatorlari ish olib boradi. Avstriyada Sim-kartani 2 yevroga qo‘lga kiritish imkoni bor.

    2019-yil boshidan Avstriyada uyali aloqa xizmatlari narxi megabayt miqdori yoki so‘zlashuv daqiqalariga bog‘liq bo‘lmasligi e’lon qilindi. Narxlar mijozning uyali aloqa uchun oyiga qancha narx taklif qila olishiga bog‘lab qo‘yilmoqda. Misol uchun, siz HOT uyali aloqa operatori xizmatlaridan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, 10 yevro evaziga sizga 1000 daqiqa so‘zlashuv, 6 Gb internet trafigi taqdim etiladi. 14 yevro uchun sizda 8 Gb internet trafigi va shuncha miqdordagi SMS va so‘zlashuv daqiqalari beriladi.

    2019-yilning 1-yanvaridan Avstriyada Sim-kartalarni ID-karta bilan ro‘yxatga olish tartibi joriy qilindi. Bu degani, Sim-karta olmoqchi bo‘lsangiz, albatta ID-kartaga ega bo‘lishingiz kerak.

    05.03.2019, 19:07   Izoh (0)   34178
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 1-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:00

    Uorren Baffet 6 mlrd dollarlik Berkshire aksiyalarini xayriya qildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:40

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida dual ta’lim joriy etiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 22:25

    3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlat va chiqindilar uyumi orasidan topildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:14

    “Kunning kamida 2-3 soatini salqin xonada o‘tkazing”. JSST anomal issiqda aholiga zarur bo‘lgan tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:55

    AQSH sog‘liqni saqlash vaziri amerikaliklarni dunyodagi eng kasal millat deb atadi

    Dunyo | 1 iyul, 21:45

    “Yoshlar Ittifoqi” qurib bitkazgan “Asr qurilishi” — BAM tarixi

    Dunyo | 1 iyul, 21:35

    WP: Mask raqobatchilarning maxfiy ma’lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan

    Dunyo | 1 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.