Coca Cola kompaniyasi Superliganing 2019-yilgi mavsumi uchun titul homiy bo‘lish huquqini qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘FA xabar berdi.
Bungacha O‘zbekiston Professional futbol ligasi Pepsi bilan muzokara olib borgan hamda ikki tashkilot o‘rtasidagi shartnoma 5-mart, seshanba kuni imzolanishi kerak bo‘lgan.
Biroq 4-mart, dushanba kuni Coca Cola o‘z taklifini (avval ham taklif bergan) o‘zgartirdi. Unga ko‘ra, kompaniya nafaqat Superliga, balki 2019-yilgi O‘zbekiston Kubogi musobaqasi uchun ham homiylik qiladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)