2019-yilning 3—5-mart kunlari O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov amaliy tashrif bilan Qatarda bo‘ladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Doha shahrida O‘zbekiston—Qatar muzokaralari bo‘lib o‘tadi.
Unda ikki tomonlama munosabatlarning qator masalalari, o‘zaro aloqalarni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar muhokama qilinadi.
Izoh (0)