• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Poytaxtni Jizzaxga ko‘chirishni taklif qilgan yozuvchi: Mirziyoyevga “paxta” qo‘ymaganman

    Yozuvchi Evril Turonning (Mamadali Mahmudov) poytaxtni Toshkentdan Jizzaxga ko‘chirish taklifi ijtimoiy tarmoqlarda turlicha talqin qilindi. “Minbar.uz” yozuvchi bilan bog‘landi va uning taklifi prezidentga “paxta qo‘yish” sifatida baholanayotganiga munosabatini so‘radi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    “Birinchidan, men hukumat tepasidagilarni uncha yaxshi bilmayman. Ikkinchidan, 1993-yildan beri Shavkat Mirziyoyevni taniyman. Lekin qamalganimdan keyin boshqa ko‘rmaganman. Internetda chiqqan ‘Paxta qo‘yibdi, maddoh’ kabi iddaolarni o‘qib berishdi. Men qanday bo‘lsam shunday yozaman. Birovga maddohlik qilish mening zehniyatimga yot. Islom Karimovni yomon dedimmi, yomonligicha qamalib chiqdim. Mirziyoyevning g‘ayratli, ishchan odam ekanini bilaman, o‘sha paytlarda buni o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman. Universitetning rektori mening sinfdoshim Abdurahmon Rajab edi. Sodiq do‘stlarim bor edi, shular orqali Mirziyoyevni taniganman, suhbatlashganman. Hokimiyatga kelgan vaqtidanoq Mirziyoyevni yuragimdan maqtaganman, qo‘llagan bo‘lsam yuragimdan qo‘llaganman. Ismat Xushevga va chet eldagi boshqa do‘stlarimga “bu odam 20 soatlab ishlaydi, nihoyatda harakatchan odam” deb aytganman. Rostan ham ishlayapti, hammamiz yakdil bo‘lib Prezidentga yordam berishimiz kerak. Hammada kamchilik bo‘lishi mumkin, hech kim qusurdan xoli emas”, – deydi yozuvchi.

    Evril Turon poytaxtni ko‘chirish haqidagi taklifiga ham izoh berdi:

    “Toshkentning poytaxtga aylantirilgani haqida turli versiyadagi ma’lumotlar yuradi. Ba’zi manbalarga ko‘ra Toshkent Kremlning qutqusi bilan poytaxtga aylantirilgan. Poytaxtni almashtirish taklifi mening bir fikrim edi, bu mening gapim to‘g‘ri degani emas. Kimdir boshqa fikr aytadi, yana kimdir mutlaqo boshqa fikr aytadi. Jamiyat fikr almashuv bilan rivojlanadi. Poytaxtni ko‘chirish masalasiga to‘xtalsak, poytaxtni Samarqandga ko‘chirib bo‘lmaydi. Chunki u yerdagi hamma eski uylarni buzishga to‘g‘ri keladi. Eski mahallalardagi turli tilda gaplashuvchi mahalliy aholini kengliklarga ko‘chirish kerak. Samarqand ochiq muzey shahri bo‘lishi lozim.Toshkent shahri Istanbul, Olmaota, Nyu-York kabi shaharlardek bir ulug‘vor shahar sifatida qolaveradi. Bu uning nufuziga, rivojlanishiga to‘siq bo‘lmaydi. Poytaxt nisbatan o‘rtaroqda bo‘lishi ma’qul, o‘rtaliq deb Navoiyni aytishimiz mumkin, lekin mening nuqtai nazarimga ko‘ra, balki xato qilayotgandirman, eng qulay joy G‘allaorol bilan Bulung‘urning orasidir. Shu joy hamma viloyat uchun o‘rtaliq va qulay deb o‘ylayman. U yerning ob-havosi o‘zga bir dunyo. Pomir tizmalaridan G‘o‘bdin tog‘iga qadar kenglikda qurish mumkin. Hech joy buzilmaydi. Shaharlar shunday tug‘iladi. Hozirgi buzib qurilayotgan pulga buni qursa bo‘ladi va bu taklifni ‘O‘zbekiston iqtisodiy qudrat cho‘qqisiga chiqqanda’ deb aytganman. Men o‘zimni mutlaq haq demayman, bor-yo‘g‘i bir nisbiy fikr tashlaganman, xolos. Kimdir e’tiroz bildirsa buni ham to‘g‘ri qabul qilaman”.

    Yozuvchi poytaxtni ko‘chirish taklifining foydali tomonlariga ham to‘xtaldi:

    “Poytaxt ko‘chirilsa, millat rivojlanadi, davlat rivojlanadi, bitta yangi katta shahar paydo bo‘ladi. U yerda mahalliychilik ham bo‘lmaydi. Masalan, Sirdaryo viloyatida mahalliychilik yo‘q. Biz hali olomonmiz, millat sifatida shakllanmaganmiz. Olmoniya yoki Fransiyada hech kimdan ‘qayerliksan, shaharlikmisan, qishloqimisan?’ deb so‘rashmaydi”.

    Evril Turon poytaxtni ko‘chirish taklifi ortidan bo‘layotgan gap-so‘zlarning sababi taklif mohiyatini tushunmaslik ekanini urg‘uladi:

    “Bu taklifni men bir fikr deya berganman. Fikrimning mohiyatini tushunmaganlar esa ijtimoiy tarmoqda, internet saytlarida aravani quruq olib qochishayapti. Ba’zi saytlar esa tushunib-tushunmasdan ‘poytaxtni ko‘chirmoqchi’ deb yozishibdi. Gap-so‘z qilayotganlar avval esseni to‘liq o‘qib chiqishsin, bu taklifning bir fikr ekanini tushunib yetishsin”.

    Shuningdek, yozuvchi O‘rta Osiyo birligi haqida fikrini aytdi:

    “Kelajakda biz O‘rta Osiyo ellari birligini tashkil qilsak, harbiy birlik, iqtisodiy birlik, yagona pul birligi bo‘ladi, lekin hamma o‘z holicha qoladi. Bu xuddi Yevropa ittifoqiga o‘xshagan birlashuv bo‘ladi”.

    Mamadali Mahmudov (Evril Turon) 1943-yil 12-dekabrda Forish tumanida tug‘ilgan. Qamalishidan oldin O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi kotibi, O‘zbekiston madaniyat jamg‘armasi raisi lavozimlarida ishlagan. “Bog‘don qashqiri”, “Tumanli kunlar”, “O‘lmas qoyalar”, “Qora do‘lana” kabi kitoblari nashr qilingan. Xorijda “Bo‘z bo‘ri”, “Oq gul” va “Oy nuri” romanlari chop etilgan.

    02.03.2019, 13:05   Izoh (0)   154447
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazining binosi jahon islom arxitekturasining faxri bo‘ladi (foto)

    02.03.2019, 12:50

    Qashqadaryoda gaz tarmog‘iga noqonuniy ulangan kollej davlatga qariyb 12 million so‘m zarar yetkazdi

    02.03.2019, 12:35

    Sharq miniatyura san’ati muzeyida Toir Boltaboyevning shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi (foto)

    02.03.2019, 12:10

    Qashqadaryoda 60 ming dollarlik tibbiy uskunalar mutaxassis yetishmasligi sabab ishlatilmayapti

    02.03.2019, 11:20

    Shavkat Mirziyoyev: Vazni ortiqcha xodim qanday qilib jinoyatchini tutadi?

    02.03.2019, 10:05

    Rossiyadagi YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonlik ayolning shaxsi aniqlandi

    02.03.2019, 09:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tesla kompaniyasi avtopilot tizimi bilan bog‘liq o‘lim bo‘yicha sudlanadi

    Dunyo | 15 iyul, 03:39

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.