Yevropa yadro tadqiqotlari tashkiloti vakillari c-kvark va anti-c-kvark zarralari 3 (1D) ning yangi holatini aniqladi. Tadqiqot natijalari xalqaro uchrashuvda taqdim etildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: “Rambler.ru”

“Charm guruhiga mansub yangi elementar zarracha aniqlandi. U Standart modelga muvofiq, sehrlangan kvarklardan va sehrlangan anti-kvarklardan tashkil topgan elementar zarralarning o‘zaro ta’sirini tavsiflovchi zarralar toifasiga kiradi”, — deydi Yadro fizika instituti xodimi Pavel Krokovniy.

Yaqin vaqtgacha olimlar zarrachalar mavjudligi haqidagi farazni tasdiqlay olmagan, ammo oxiri natijalarga eksperimental tarzda erishilgan.

“Zarrachaning biz ko‘rgan signali ajoyib xususiyatga ega edi. U juda tor edi. Bunday turdagi zarracha odatda 10-20 barobar keng bo‘lishi kerak”, — deydi olim.

U, shuningdek, yil davomida tadqiqot guruhi kashfiyot noto‘g‘ri emasligini tekshirib ko‘rganini ham aytgan. Biroq, oxirida, u farazning to‘g‘riligi tan olingan.